15-mart fevral oyi uchun:
- hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi birinchi qismi, 407-moddasi to‘rtinchi va beshinchi qismlari);
- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismi)
23-mart:
mart oyi uchun:
- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda besh milliard so‘mdan oshadigan foyda solig‘i to‘lovchilari har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi ikkinchi qismi).
20-mart:
fevral oyi uchun:
- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksining 273-moddasi birinchi va ikkinchi qismlari);
agar fevral oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi beshinchi qismi);
- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi birinchi qismi);
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish
va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlari);
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun bo‘nak to‘lovlar:
soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida;
soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni.
(Soliq kodeksining 448-moddasi uchinchi qismi).
I chorak uchun:
- aylanmadan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida bo‘nak to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi oltinchi qismi).
10-mart:
fevral oyi uchun:
- aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi birinchi qismi, 293-moddasi birinchi qismi);
mart oyi uchun:
- aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi oltinchi qismi);
- aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi birinchi qismi).
9-mart:
mart oyi uchun:
- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi beshinchi qismi)
fevral oyi uchun:
- banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan to‘lovlar (dividendlar va foizlar to‘lovidan tashqari) bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini budjetga o‘tkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi ikkinchi qismi);
- natura holida to‘langan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va ShJBPHga majburiy badallarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi ikkinchi qismi, 06.10.2005-yildagi 1515-raqamli nizomning 7-bandi).
Eslatma❗️2023-yil 1-mart
2022-yil uchun:
- foyda solig‘i bo‘yicha soliq davri yakunlari yuzasidan soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 339-moddasi beshinchi qismi va 440-moddasi beshinchi qismi);
- mol-mulk solig‘i hisoboti soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi ikkinchi va sakkizinchi qismi);
- suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan (bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari mustasno) soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 447-moddasi uchinchi qismi va 448-moddasi beshinchi qismi);
- foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-(prim 7)moddasi ikkinchi va uchunchi qismi);
- xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan foyda solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 480-moddasi birinchi qismi).
23-fevral
fevral oyi uchun:
- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
20-fevral
yanvar oyi uchun:
- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksi 273-modda 1-2 qismlar);
- dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);
- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq agenti tomonidan soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);
- yuridik shaxslar tomonidan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar).
fevral oyi uchun:
- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
15-fevral
yanvar oyi uchun:
- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5 qismlar);
- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-qism);
2022-yil uchun:
- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4-5 qismlar);
- Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan mol-mulk soligʻi toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-modda 10-qism);
- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-qism).
10-fevral
yanvar oyi uchun:
- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);
fevral oyi uchun:
- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism);
- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism).
9-fevral
fevral oyi uchun:
- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism).
6-fevral1
yanvar oyi uchun:
- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);
- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
1 Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.