"Toshkent xalqaro soliqqa tortish haftaligi" doirasidagi "TaxinTashkent 2023" musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.
MDH mamlakatlarining Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilishi an'anaga aylanib borayotgan ushbu tanlovning navbatdagisi Fiskal institutda o‘tkazildi.
Qizg‘in bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tgan tanlovda MDH davlatlarining 17 ta nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan yig‘ilgan talaba-yoshlar o‘zlarining soliq sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Tanlov yakuniga ko‘ra:
1-o‘rinni Toshkent davlat yuridik universiteti;
2-o‘rinni Tojikiston davlat moliya-iqtisodiyot universiteti va Sibir Federal universiteti;
3-o‘rinni Fiskal institut hamda Patrisa Lumumbi nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti jamoalari qo‘lga kiritdi.
Fiskal institut talabalari ingliz tilida bo‘lib o‘tgan xalqaro soliqqa tortish tanlovida ham munosib ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblik esa Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universitetiga nasib etdi.
Fiskal institut