2023-yilning 28-yanvar kuni Soliq qo‘mitasida Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.Kudbiyev Jahon bankining O‘zbekistondagi doimiy vakili Marko Mantovanelli bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Soliq qoʻmitasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi texnik imkoniyatlari, shuningdek, Jahon banki bilan qoʻshma loyiha doirasida Markaz quvvatini oshirish istiqbollari, xususan, uskunalari mavjud texnik yechimlarga to'liq mos keladigan yangi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazini yaratish bo‘yicha taqdimotlar namoyish etildi.
Yangi quvvatlar yaratilishi nafaqat Soliq qo‘mitasi, balki iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun ham ishlatilishi qayd etildi.
Marko Mantovanelli amalga oshirilgan ishlarni yuqori baholadi va Jahon banki ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun har tomonlama qo‘llab quvvalashini ta’kidladi.
Uchrashuv doirasida boshqa qoʻshma loyihalar bilan tanishish boʻyicha kelgusi rejalar, hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va oʻzaro aloqalarning asosiy yoʻnalishlari belgilab olindi.
Yaqin kunlarda navbatdagi uchrashuv tashkil etiladi, shuningdek, Jahon banki rahbariyatining O‘zbekistonga tashrifi ham kutilmoqda.