Kusherbayevga murojaat telegram kanalida eʼlon qilingan murojaat o‘rganildi va quyidagilar maʼlum qilinadi:
Qashqadaryo viloyati soliq organlari, jumladan, Kitob tumani DSI tomonidan xodimlarning soliqlarini undirish yuzasidan Xalq taʼlimi bo‘limiga murojaat yuborilmagan.
Aniqlanishicha, joriy yil Xalq taʼlimi boshqarmasida o‘tkazilgan audit tekshiruvida 2021-yilda soliq uchun ko‘chirilgan to‘lovlar o‘qituvchilarning ish haqidan ushlab qolinmaganligi aniqlangan.
Ushbu kamchilikni bartaraf etish uchun boshqarma hisobchisi Kitob tumanidagi 22-sonli maktab o‘qituvchilarining 2022-yil avgust oyi ish haqidan ularning roziligisiz ushlab qolganligi maʼlum bo‘ldi.
Mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorlikni ish haqidan ushlab qolish faqat xodimning yozma roziligi bilan yoki sud qaroriga asosan amalga oshirilishi mumkin.
2022-yildan yuqoridagi kabi holatlarni oldini olish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda budjet tashkilotlari xodimlarning soliq to‘lovlarini oylik ish haqi hisobidan budjetga o‘tkazilishini oldini olish maqsadida “UzAsbo” dasturiga cheklov qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslar joriy yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashlari lozim. To‘lovlarni masofadan turib “Soliq” mobil ilovasi va boshqa elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.