O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yilning 16-mart kuni Soliq qo‘mitasiga tashriflari davomida soliq maʼmurchiligini yangi bosqichga chiqarish qatorida, sohani korrupsiyadan holi tizimga aylantirish yuzasidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini so‘zsiz taʼminlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirildi.
Qisqa vaqt davomida sohani raqamlashtirish natijalari korrupsiyani oldini olishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Soliq to‘lovchini hisobga olishdan tortib majburiyatini bajarishgacha bo‘lgan sikl avtomatlashtirildi. Soliq majburiyatini bajarishida 50 ga yaqin interaktiv xizmatlar mavjud. Bular:
soliq hisobotlarini shakllantirish va shaxsiy kabinetdan elektron jo‘natish;
soliqlarni masofadan to‘lash;
soliq ma'murchiligiga oid tushuntirishlar berish;
xabarnoma yoki talabnomalar yuborish va boshqalar.
Jismoniy shaxslardan mahalliy soliqlarni naqd pulda yig‘ish amaliyoti bekor qilinib, “Soliq” mobil ilovasi orqali masofadan to‘lash imkoniyati yaratildi.
Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni yanada rivojlantirish uchun Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi modernizatsiya qilinib, axborotlar bazasi 24 terrabaytdan 484 tb.ga
yetkazildi (20 baravarga oshdi).
Bu o‘z navbatida, “Avtokameral”, “Tahlika-tahlil” AAT, Tax Gap, EHF va onlayn-NKM orqali hisobotlarni avtomatik shakllantirish, tuzatishlar kiritish, "E-ijara" "E-imtiyoz" "Keshbek" va “Soliq hamkor” kabi zamonaviy soliq maʼmurchiligining yangi instrumentlarini joriy etish imkoniyatini berdi.
Korrupsiya holatlari yuqori bo‘lgan soliq tekshiruvlarini amalga oshirish va ko‘riladigan taʼsir choralarini keng jamoatchilik nazoratida amalga oshirish monitoringini yuritish imkoniyatiga ega “Soliq-hamkor” axborot tizimi orqali murojaatchining har bir bosqichda real vaqt rejimida xabardor bo‘lib borishi yo‘lga qo‘yildi.
Buning natijasida, ayrim xodimlarning soliq toʻlovchilar faoliyatiga rahnamolik qilish holatlariga barham berildi.
Soliq tekshiruvlariga nomzodlarni tanlash vakolati quyi tizimlardan olinib, faqat “Tahlika-tahlil” dasturi orqali qoʻmitada shakllantirish natijasi bilan ijroga tushirib berish amaliyoti ishlamoqda.
Soliq qoʻmitasi tomonidan 2022-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmini takomillashtirish doirasida 10 tadan ortiq ichki idoraviy hujjat qabul qilindi.
Soliq xizmati organlarida 2022-yil davomida jami 1 060 ta xizmat tekshiruvi hamda 767 ta oʻrganishlar oʻtkazilgan. Oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi va oʻrganishlari yakuni bilan mehnat faoliyatida qoʻpol xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 104 nafar xodim bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalari bekor qilindi, 106 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi, hamda 1 308 nafar xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan.
Soliq toʻlovchilarga OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali 45,2 mingdan ortiq targʻibot va tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Televideniya va radio orqali 9,5 mingta, ijtimoiy tarmoqlar orqali 35,7 mingtani tashkil etdi. Call markazi orqali 878,7 mingta qoʻngʻiroqlar orqali tadbirkorlik subyektlariga majburiyatlarini bajarishga koʻmaklashildi. Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan meʼyoriy asoslar takomillashtirildi.
Debitor va kreditor qarzdorliklar muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun maʼmuriy jarima qoʻllash bekor qilindi.
Buxgalteriya hisobi subyektlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga har chorakda taqdim etish talabi bekor qilindi.
Aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydigan tadbirkorlik subyektlari yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod qilindi.
Kameral tekshiruv oʻtkazish muddati 2 baravarga kamaytirildi (60 kundan 30 kunga tushirildi).
Soliq qarzini mol-mulk hisobidan undirishga qaratishning belgilangan muddati 30 kundan 60 kungacha uzaytirildi.
Soliq toʻlovchining murojaati asosida soliq organlari soliq hisobotini avtomatik ravishda shakllantirish xizmatini koʻrsatishi belgilandi.
Kichik va oʻrta biznes toifasiga kiruvchi tadbirkorlar uchun soliq toʻlovlarini 6 oyga foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi berildi.
Soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilindi.
Majburiy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida eʼtirof etiladigan tadbirkorlik subyektlariga qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda berilishi belgilandi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasini qoplash (qaytarish) uchun soliq organlariga ariza yubormasdan soliq hisobotini topshirishda soliq organlarini xabardor etish
tartibi joriy etildi
Soliq qo‘mitasi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi
O‘zbekiston Respublikasida Davlat soliq qo‘mitasining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati
Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatta-harakatlar to‘g‘risidagi xabarlarni ko‘rib chiqish, odob-axloq qoidalari va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitishni tashkil qilish haqida
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini "Ishonch telefonlari" orqali qabul qilish haftaning ish kunlarida soat 9:00dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.
Unda fuqarolar soliq organlari xodimlari tomonidan yoʼl qoʼyilayotgan korruptsiya va boshqa noqonuniy xatti-harakatlar, shuningdek soliq sohasiga oid sodir etilgan yoki etilayotgan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar berishlari mumkin.
Murojaatlar anonimligi kafolatlanadi, Qoʼngʼiroq egasi tomonidan berilgan maʼlumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.
Korrupsiyaviy
holatlar haqida xabar berishga moʻljallangan alohida aloqa kanallari
1)“Ishonch telefoni” – 1198 va 71-244-98-98;
2) elektron pochta – org@soliq.uz;
3) boshqa elektron manzillar – org@soliq.uz;
4) telegram bot – dsq_korrupsiya_bot;
5) platforma – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmatiorganlarining “Elektron soliq xizmatlari” portali.
№
|
Hudud nomi |
Telefon raqami |
1 |
Qoraqalpog'iston Respublikasi | (0361)-222-62-84 |
2
|
Аndijon viloyati |
(0374)-223-95-22 |
3
|
Buxoro viloyati |
(0365)-221-30-03
|
4
|
Jizzax viloyati |
|
5
|
Qashqadaryo viloyati |
|
6
|
Navoiy viloyati |
|
7
|
Namangan |
(0369)-227-91-52
|
8
|
Samarqand viloyati |
|
9
|
Surxondaryo viloyati |
|
10
|
Sirdaryo |
|
11
|
Toshknt viloyati |
|
12
|
Farg'ona viloyati |
|
13
|
Xorazm viloyati |
|
14
|
Toshkent shahar |
|